
Belgiya Pro-ligasi. O‘rinboev debyut uchrashuvini o‘tkazgan o‘yinda "Antverpen" g‘alaba qozondi
Belgiya Pro-ligasining 3-turidan o‘rin olgan bahsda "Antverpen" "Aud-Xeverle Lyoven" bilan kuch sinashdi va 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Dastlab bellashuvning 36-daqiqasida Mishel-Anj Balikvisha hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 78-daqiqasida Maamadu Dumbiya oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Raqib jamoa futbolchilari esa 87-daqiqada gol urishdi. Gol muallifi - Evaud Pletinks. Shundan so‘ng ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning ettinchisi o‘tib borayotganda Farouck Adekami oradagi farqni yana 2 taga etkazgan holda, jamoasining turnirdagi ilk g‘alabasini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimiz Muhammadali O‘rinboev to‘qnashuvning 85-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, o‘yinni kuchaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Antverpen" 3 ta turdan so‘ng 5 ochko jamg‘argan holda, 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar