Belgiya Pro-ligasi. O‘rinboev zaxirada qoldirilgan uchrashuvda "Antverpen" durang o‘ynadi

  • 26 iyul, 01:51
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya Pro-ligasining ilk turidan o‘rin olgan "Antverpen" - "Sent-Jilluaz" ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Yangi mavsumni ochib beruvchi to‘qnashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 
 
Dastlab uchrashuvning 36-daqiqasida Vincent Yanssen hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 68-daqiqasida esa "Sent-Jilluaz" futbolchisi Raul Floruch o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan holda, oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi (1:1). 
 
Hamyurtimiz Muhammadali O‘rinboev esa zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. 
 
Eslatib o‘tamiz, "Antverpen" navbatdagi o‘yinini 3 avgust kuni "Genk"ka qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
26/07/2025 09:59
Майдонга тушганда борми????