Bellerin “Arsenal”ga qaytishni istamaydi

  • 9 avgust, 2022, 18:24
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoyachi Ektor Belerin "Arsenal"ni tark etishga yaqin turibdi. Futbolchining agenti ispaniyalikning shartnomasini bekor qilish masalasini londonliklar rahbariyati bilan muhokama qilmoqchi.

Tecno

Ektorning agenti va "Arsenal" vakillari o‘rtasidagi uchrashuv 9 sentyabr seshanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

27 yoshli Belerin o‘tgan mavsum "Real Betis" safida ijara asosida o‘ynadi. Himoyachi ispan klubi safida doimiy qolishni istamoqda.

Ektor Belerin o‘tgan mavsum “Betis”ning La Liga safidagi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!