
Bellingem "Evro-2024" finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng nima dedi?
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Ispaniyaga qarshi bo‘lib o‘tgan "Evro-2024" final uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bu juda qayg‘uli. Biz Angliyani yanada kuchli jamoaga aylantirish uchun o‘z ustimizda ishlashimiz kerak. Bunga jamoa o‘yinidagi salbiy jihatlarni olib tashlash orqali erishishimiz mumkin, - deya Bellingemning so‘zlarini keltiradi "BBC".
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Angliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelgan Evropa chempionati final uchrashuvi kecha, 14 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Bahsda Ispaniya Angliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar