Bellingem "JCh-2026" yarim finalida Argentinga mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘radi
Angliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellingem JCh–2026 yarim finalida Argentinga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘radi.
Bellingemning aytishicha, bu mag‘lubiyat uni juda ranjitgan. U o‘zini nihoyat jahon chempionati finaliga yo‘l oladigan Angliya terma jamoasining bir qismi sifatida ko‘rishni istaganini ta’kidladi.
«Yana bir bor muxlislardan omadsiz ishtirok uchun uzr so‘rashga to‘g‘ri kelayotganini meni butunlay ezib qo‘ydi. Bizni kechiring», — deya Bellingem so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, Angliya yarim finalda Argentinga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, garchi o‘yinda hisobni inglizlar ochgan edi. Bellingem butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Tomas Tuxel shogirdlari Frantsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar