
Bellingem nima uchun "Manchester Siti"ni rad etdi
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem “Manchester Siti”ga o‘tishdan bosh tortgani sababi ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Patrik Bergerning so‘zlariga ko‘ra, "shaharliklar" 19 yoshli angliyalikni ko‘chib o‘tishga oxirigacha ko‘ndirishgan, biroq futbolchi "shubhali tarzda moliyalashtiriladigan" jamoaga o‘tishni istamagan. Xuddi shu sababga ko‘ra, Bellingem "Chelsi" va PSJdan voz kechdi.
Bellingem "Real" Madridga deyarli o‘tdi. Transfer so‘mmasi taxminan 100-120 million evro. Jud "Liverpul"ga o‘tishga tayyor edi, biroq Mersisayd klubi so‘ralgan transfer narxini to‘lamaslikka qaror qildi.
Fikrlar