
Bellingem transfer bozoridagi raqobatda Entsoga yutqazib qo‘ydi
Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yarim himoyachi Entso Fernandes Evropaning ikki top klubi e’tiboriga tushgan.
"Fichajes"ning ma’lum qilishicha, JCh-2022ning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun "Liverpul" hamda "PSJ" kurash olib boradi. Ikkala klub ham argentinalik o‘yinchini "Borussiya" vakili Jud Bellingemga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Chunki bu futbolchining transferi Entsonikidan ancha qimmatroq bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Fernandes 2027 yilning o‘rtalariga qadar Lissabonning "Benfika"si bilan shartnoma imzolagan. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar