Bellingem "Yuventus" darvozasiga gol urganidan mamnunligini bildirdi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar ligasining 3-turida "Yuventus"ga qarshi bahsda gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. O‘yindan so‘ng Jud bu gol uning uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
"Albatta, bu ajoyib his-tuyg‘u. Anchadan beri gol ura olmayotgan edim va tezroq gol urishni xohlardim. Bugun Chempionlar ligasi doirasida kuchli jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazib, gol kiritish baxtiga muyassar bo‘ldim", — dedi Bellingem CBS telekanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, madridliklar navbatdagi uchrashuvni La Liga doirasida "Barselona"ga qarshi o‘tkazadi. "El-Klasiko" 26 oktyabr kuni bo‘lib, Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.



Fikrlar