
Bellingemga yangi haridor paydo bo‘ldi
“Borussiya” futbolchisi Bellingem uchun bir qator grand klublar kurashmoqda. “Real” va “Liverpul” jamoalari ushbu kurashda favorit bo‘lib turibdi. 19 yoshli yarim himoyachi uchun nemis klubi 120 million evro talab qilmoqda.
“El Nacional” nashri xabar berishicha, Bellingemni PSJ ham sotib olishni istaydi. Parij jamoasi so‘ralayotgan 120 million evrodan ham ko‘prog‘ini to‘lashga tayyor. Ular Judni kelasi yozning asosiy maqsadi qilib olgan.
Bellingem Qatarda davom etayotgan mundialda Angliya bilan chorak finalgacha etib bordi. Ushbu chempionatda futbolchi 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar