
"Bellingemning hissasi yo‘q"
Xabaringiz bor, himoyachi Trent Aleksander-Arnold "Liverpul"ni tark etish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. 26 yoshli futbolchining "Real"ga o‘tishi haqida yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkin.
Transfer klublararo jahon chempionati oldidan yoki 30 iyundan keyin (erkin agent sifatida) rasmiylashtirilishi mumkin. Trent Aleksander-Arnold Jud Bellingemning yaqin do‘sti hisoblanadi. Biroq, futbolchilar o‘rtasidagi munosabat "Liverpul" himoyachisining "Real"ga o‘tish qarorida hal qiluvchi omil bo‘lmagan. Bu haqda "The Times" nashriyoti xabar bermoqda.
Ta’kidlash joizki, Aleksander-Arnold "Liverpul" akademiyasining tarbiyalanuvchisidir.
Fikrlar