
Belyu uni boks tarixidagi eng kuchli nokautlar ustasi, deb atadi
Birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Toni Belyu(30-3-1, 20 KO) amerikalik superog‘ir vazn toifasidagi Jorj Forman(76-5, 68 KO)ni boks tarixidagi eng kuchli nokautlar ustasi, deb aytdi.
"Deontey Uaylder - zamonaviy boksdagi pantera. Uni tarixdagi eng kuchli zarbaga ega sportchi, deb hisoblaydiganlar ham talaygina. Ammo ular haq ekaniga shubham bor. Jorj Forman esa, shubhasiz, boks tarixidagi eng yaxshi nokautlar ustasi. Forman raqiblarini butunlay "o‘chirib" qo‘yardi. U Jo Freyzerni nokautga uchratgan. Avvalroq, Freyzer boks afsonasi Muhammad Alini mag‘lub etgan edi. Hattoki, Jorj 40 yoshida qaytib kelganida ham Evander Xolifildni mag‘lub etgan Maykl Murerni nokautga uchratgandi", – dedi Belyu.
Fikrlar