Benatia: "Yuventus" javob bahsida masalani hal qilishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Mexdi Benatia kecha bo‘lib o‘tgan "Tottenxem"ga (2:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Hozir butun jamoaning kayfiyati yaxshi emas. Uchrashuvni o‘zimiz kutgandek juda faol boshladik. Bunday uchrashuvlarda juda muhim bo‘lgan tezkor golni urishga muvaffaq bo‘ldik.

Ammo keyinchalik to‘pni raqibga topshirib qo‘ydik. Bu esa yakunda “shporlar”ga omad keltirdi.

Biz javob bahsida nima qilish kerakligini bilamiz va shunday ekan javob bahsida o‘z maqsadimizga etishishimiz uchun barchasi etarli”, - deydi marokashlik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" hamda "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 7 mart kuni "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!