"Benevento" bosh murabbiyi "Jenoa" bilan qayd etilgan jangovar durang haqida afsus bilan gapirdi

  • 22 aprel, 2021, 04:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 32-turi doirasida o‘tgan "Jenoa" - "Benevento" (2:2) bahsidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Filippo Inzagi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Natijani, qaysidir ma’noda, biroz alamli, deb aytishim mumkin. Sababi, 2 marotaba hisobda oldinga chiqib olgach, juda oddiy vaziyatlardan darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Shuningdek, ikkinchi taymda Adolfo Gaychda juda qulay imkoniyat bor edi. 

Hozirgi vaqtda, boy bergan ochkomiz qadri naqadar balandligini tushunib turibman. Biroq, bugun maydonda jamoamning juda yaxshi o‘yin ko‘rsatganini e’tirof etishim zarur. Bu kabi yaxshi futbolga qarshi turish har qanday jamoa uchun og‘ir bo‘lishi tabiiy. 

Men kurashga chanqoq yigitlar va ularning ko‘zlarida kelajakka bo‘lgan umidni ko‘rdim. Endi jadvaldagi o‘rnimizni saqlab qolish haqida qayg‘urishimiz kerak. Barchasi o‘z o‘yinimizga bog‘liq va raqiblarni ham diqqat bilan kuzatishga majburmiz", - dedi "Pippo" Inzagi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!