
"Benfika" jahon chempioni bilan shartnomani uzaytirmaydi
Argentinalik hujumchi Anxel di Mariya "Benfika"ni tark etadi. Bu haqda "deadlinedaylive" ma’lum qildi.
Portugaliyaning nufuzli klubi 37 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati yozda tugaydi.
Evropada Di Mariya "Real Madrid", "Manchester Yunayted", PSJ va "Yuventus" safida to‘p tepgan. Argentina milliy terma jamoasi tarkibida hujumchi 145 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urgan.
Portugaliya chempionatining joriy mavsumida Anxel 23 ta o‘yinda maydonga tushdi. Argentinalik futbolchi hisobida sakkizta gol (shundan beshta penaltidan) va beshta golli uzatma mavjud.
Fikrlar