Benzema Anridan zo‘rmi?
Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Sidney Govu eng mashhur hamyurtlari - Karim Benzema va Terri Anrini o‘zaro taqqosladi.
“Benzema Evropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lgan. Karim nafaqat yaxshi to‘purar, balki hujumkor o‘yinchi. U hamma narsani qila oladi - gol urish, himoyadan o‘tish, harakatlanish. Menimcha, Benzema Anridan yaxshiroq. Agar siz futbolni yaxshi ko‘rsangiz, Benzemani sevmaslik mumkin emas”, - deydi Govu.
Eslatib o‘tamiz, Benzema faoliyati davomida "Lion" va "Real" klubalarida to‘p surgan bo‘lsa, Anri "Monako", "Yuventus", "Arsenal", "Barselona" va "Nyu-York Red Bull" klublari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar