
Benzema: Bu jamoadan zo‘ri yo‘q
“Al-Ittihod” jamoasi hujumchisi Karim Benzema ayni paytda dunyoning eng qudratli jamoasi qaysi ekani haqidagi savolga javob berdi.
- “Real” – dunyoning eng yaxshi jamoasi. Madrid klubi doimo kuchli bo‘lgan va sovrinlar uchun kurash olib borgan.
Dunyoda ulardan kuchliroq bo‘la oladigan birorta jamoani ko‘rganim yo‘q, - dedi Karim Benzema.
36 yoshli Karim Benzema “Lion” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Frantsiyalik hujumchi 2009-2023 yillar davomida “Real”da o‘ynab, madridliklar uchun 648 ta uchrashuvda 354 ta gol urgan va 165 ta assist qayd etgan.
Bir yildan beri “Al-Ittihod” futbolchisi sifatida to‘p tepayotgan Benzema klublar miqyosidagi faoliyatida 825 ta uchrashuvda 433 ta gol va 200 ta assmst muallifi bo‘lgan.
Frantsiya terma jamoasi 97 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 37 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar