
Benzema EChL tarixiga kirdi
"Real" hujumchisi Karim Benzema UEFA Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar o‘nligidan joy oldi.
Ayni damda davom etayotgan “Shaxtyor”ga qarshi bahs frantsiyalik futbolchi uchun EChLdagi 124-o‘yin bo‘ldi. U bu borada "Manchester Yunayted" afsonasi Pol Skoulzga tenglashib oldi.
Aytish kerakki, Benzema ushbu 124 ta o‘yinda o‘z hisobiga 67 ta gol hamda 27 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
- Iker Kasilyas - 177 ta o‘yin
- Krishtianu Ronaldu – 172 ta o‘yin
- Xavi – 151 ta o‘yin
- Lionel Messi – 146 ta o‘yin
- Raul – 142 ta o‘yin
- Rayan Giggz – 141 ta o‘yin
- Andres Inesta – 130 ta o‘yin
- Serxio Ramos – 126 ta o‘yin
- Klarens Zeedorf – 125 ta o‘yin
- Karim Benzema, Pol Skoulz - 124 ta o‘yin
Fikrlar