Benzema: "Matbuotda men haqimda chiqayotgan xabarlarning barchasi yolg‘on"

  • 23 fevral, 2024, 00:19
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan "Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema o‘yindan keyin jurnalistlarning ayrim savollariga javob berdi. 

Tecno

"Men haqimda chiqayotgan xabarlarning barchasi yolg‘on. Marselo Galyardo bilan o‘rtamizda hech qanday adovat yo‘q. Barchasi yaxshi. Shuningdek, Evropaga qaytishni istayotganimni ham aytmaganman. Men Saudiya Arabistonida baxtliman", - dedi frantsiyalik futbolchi. 

Karim "Navbahor"ga qarshi bahsda dastlab o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ammo u Hamdallahga golli pas berib, hisobni tenglashishiga o‘zining hissasini qo‘shdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!