Benzema "Navbahor"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?

  • 22 fevral, 2024, 04:16
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun "Navbahor" "Al-Ittihod"ga qarshi javob bahsida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv uchun mezbon jamoaning qaysi legionerlari o‘ynashi ma’lum bo‘ldi. Karim Benzema bu safar qaydnomadan o‘rin olgan.

Image

Marselo Groe va Romarino qaydnomadan joy olmadi. Luis Felipe bilan Jotalaning jarohati bor. 

Dastlabki bahsni Benzema o‘tkazib yuborgandi. Ammo Saudiya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan "Al-Riyodh"ga qarshi maydonga tushdi. Shu bilan birga, bugungi o‘yinda ham asosiy tarkibda o‘ynashi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!