
Benzema "Oltin to‘p"ni yutish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi
Ispaniyaning "Marca" nashri joriy mavsum "Oltin to‘p"ni kim yutishi kerakligi mavzusida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, "Real" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema 38 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. U PSJ va Argentina termasi etakchisi Leo Messidan atigi 1 foiz oldinda.
Keyingi o‘rinlarni Robert Levandovski ("Bavariya", Polsha, 14%), Krishtianu Ronaldu (MYu, Portugaliya, 4%), Jorjino ("Chelsi, Italiya, 3%) va Ngolo Kante ("Chelsi", Frantsiya, 2%) egallagan.
Ma’lumot uchun, "Oltin to‘p" sovrinini topshirish marosimi 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar