Benzema "Real" tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida ko‘tarildi
"Real" hujumchisi Karim Benzema La Liga doirasida "Betis" (1:2) ga qarshi kechgan uchrashuvda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Ushbu gol 32 yoshli futbolchi uchun madridliklar safidagi 241-si bo‘ldi va klub to‘purarlari tarixida beshinchi o‘rinni egallab turgan Ferents Pushkashga etib oldi.
Ma’lumot uchun, "qaymoqranglilar" libosida 289 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Santilyana jamoa tarixidagi to‘rttinchi raqamli to‘purar hisoblanadi. Madrid klubi uchun 450 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ya olgan Krishtianu Ronaldu jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turipti.

Fikrlar