Benzema yana Messi bilan bir ligada o‘ynashi mumkin
Saudiyaning «Al-Xilol» jamoasida to‘p surib kelayotgan tajribali hujumchi Karim Benzema yaqin kunlarda klubni tark etishi kutilmoqda. Bu haqida Diario AS nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real Madrid» sobiq forvardi uchun bir nechta yo‘nalishda imkoniyatlar mavjud. Uning xizmatlariga Saudiya Arabistonining bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Xususan, 38 yoshli fransuz futbolchisini «Ash-Shabab» va u avval ham to‘p surgan «Al-IttihoD» klublari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Shu bilan birga, Benzemaga Amerika Qo‘shma Shtatlari chempionati — MLSdan ham taklif tushgani qayd etilmoqda. Hozirda ushbu ligada «Barselona» sobiq yulduzi Lionel Messi yuqori saviyada o‘yin namoyish etmoqda.
Karim Benzema hali qaysi klubni tanlashi borasida qat’iy qaror qabul qilmagan. Biroq aniq bir narsa bor — u hozircha professional faoliyatini yakunlash niyatida emas.

Fikrlar