Benzemaning masalasi tez orada hal qilinadi

  • 23 yanvar, 2024, 13:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoniga katta umidlar bilan yo‘l olgan Karim Benzemaning faoliyatida murakkab vaziyat vujudga keldi.

35 yoshli forvard “Al-Ittihod” rahbariyati bilan kelisha olmay qolgan. Tajribali hujumchi bosh murabbiy Marselo Galyardo tomonidan mashg‘ulotlardan chetlatilganini hazm qila olmayapti.

Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Karim tez orada klub rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazadi. Muzokara davomida hujumchining klubdagi faoliyati muhokama qilinadi.

Karim Benzema Evropaga qaytmoqchi ekani aytilyapti. Unga Frantsiya va Angliya klublaridan xaridorlar bor.

Biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, Benzema ortga qaytishi uchun maoshining katta qismidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Top-ligalarning biror bir klubi unga saudiyaliklar to‘layotgan mablag‘ni bermaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Xaмзаев
23/01/2024 16:12
Қадрдон ўзини тарбиялаган Лионга борса яхши бўларди.бир вақтлар кучли бўлган клуб хозир ахволи яхши эмас
&
23/01/2024 17:36
Navbahor bilan o'ynab bo'lib qayga ketsa ketaversin)