Beozorgina "Napoli"ga "rahmi kelgan" "Barselona"

  • 22 fevral, 2024, 03:57
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ikkalasi ham amaldagi mamlakat chempionlari, biri o‘z uyida durang o‘ynadi va o‘sha jamoa ko‘proq tanqid qilinishi kerakdek. Ammo klassdagi farqni o‘zingiz bilasiz. "Barselona"da birinchi taymda juda ko‘p imkoniyatlar, bo‘sh zonalar bo‘ldi. Biroq jamoaning bo‘sh zonalar bor paytda hujumda keskinlik yaratishda, yaratilganda ham uni yakunlashda muammolari talay. Faqat Levandovski aybdor emas. Hujumda ishlar chatoqligidan Gyundogan ba’zan hujumga o‘zini otadi.

Ustiga-ustak himoya ham pand beryapti. "Napoli"ning birinchi xavfli hujumi, birinchi aniq zarbasi gol bilan yakunlandi. Goldan so‘ng mezbonlar markazni o‘zida raqibni kutib olishni boshladi. Ma’lum vaqt shu joyni o‘zidan o‘ta olmadi Xavi shogirdlari. De Yong individual harakatlari evaziga to‘pni "Barsa" yarim maydonidan olib chiqishga harakat qildi. Gyundogan va Pedri hujumchilar kabi ancha oldinga chiqib ketdi.

Napoli v FC Barcelona - UEFA Champions League

Ha, "Barsa" bu beozorgina "Napoli"ni yutishi kerak edi. Mezbonlar himoyadan chiqmayotgan, chiqolmayotgan paytda raqibni "sindirishi" kerak edi. Biroq ruhiyatlar o‘xshash.

Bu jamoani baxtiga 16 yoshli bola sog‘ bo‘lsin. Xujumni keskinlashtirishni faqatgina u uddaladi va so‘nggi paytlarda aynan u uddalayapti. Qolganlar epizodlarda o‘zini ko‘rsatib qo‘yyapti.

Xavini maqtashga arziydigan bir yurish bu - Kristensen. U sof tayanch vazifasini bajargani tufayli Neapol klubi "Barsa" markazidan oson o‘tib keta olmadi. Shunday bo‘lsa-da raqib bosimi kuchaygan paytda u ham "foydasiz qurol"ga aylanib qoldi. Uning o‘rniga ham aslida juda "foydali qurol" tushgani yo‘q. Yana Rafinyaning maydonga tushishi o‘zini zarracha oqlamadi. Braziliyalik o‘ta tartibsiz harakat qilishi va to‘p bilan engil harakat qila olmasligi jamoaning bir qanotini shunchaki ishdan chiqardi. U hozir yaxshi formada emas va eng yaxshi formasida ham baribir "Barsa" tipidagi futbolchi emas.

Napoli v FC Barcelona - UEFA Champions League

Kanseluning oyoqning tashqi qismi bilan beradigan uzatmalari, Pedrining nozik harakatlari yoki De Yongning to‘pni xotirjam o‘zida egallab turishi - hammasi go‘zal. Ammo kurashlarsiz, sovuqqonliksiz va eng asosiysi samaradorliksiz go‘zallik nolga teng.

Karim Xudayqulov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
22/02/2024 09:45
Sarlavxaniyam yorvorasizlarda raxmi kelganmish...Barcelanini raxmi kelgani yoq ularning bori shu...Achinsakda Bu yilgi Barcelonani tiqadigan joyiga tiqishdi...kamiga Aybdorlikni Ozlaridan izlamay Real madridga tontashyapdi