
Bernardu: "Real" bizdan qasos olmoqchi"
"Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva Chempionlar ligasi doirasida "Real"ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi. Madridda bo‘lib o‘tgan birinchi bahsda 3:3 hisobida durang qayd etilgan edi.
"Real" bu mavsumda o‘tgan yilga nisbatan kuchliroq bo‘lganini ko‘ryapman. Buni "Santyago Bernabeu"dagi uchrashuvda ham menda shunday taassurot qoldi. Biz ushbu musobaqaning qirollari bilan o‘ynayapmiz, shuning uchun nima bo‘lishini ko‘ramiz. Albatta, ular o‘tgan yilgi natija uchun bizdan qasos olmoqchi", - deydi portugaliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "shaharliklar" Chempionlar Ligasi yarim finalida "qirollik klubi"ni musobaqada chiqarib yuborgan edi (1:1, 4:0).
Fikrlar