Bernardu Silva faoliyatini La Liganing grand klubida davom ettirmoqchi

  • 22.04.2026 15:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni istamoqda. Bu haqida "El Chiringuito" xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 31 yoshli portugaliyalik uchun Kataloniya klubi faoliyatini davom ettirishdagi asosiy variant hisoblanadi.

Avvalroq Silva joriy mavsum yakunlangandan keyin "Manchester Siti"ni erkin agent sifatida tark etishini ma'lum qilgandi.

Ushbu mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 45 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, futbolchiga "Yuventus" jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilgan, ammo turinliklar uning moliyaviy talablarini qondirish imkoniga ega emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!