Bernardu Silva “Manchester Siti”dan nega ketishga qaror qilganini aytdi

  • 24.05.2026 10:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva mavsum yakunida jamoani tark etishi sababini ochiqlandi.

- Bizning avlod yetarlicha sovrinlar yutdi, deb his qilyapman. Shuningdek, yosh yigitlar uchun ham o‘z shon-sharaf lahzalarini boshdan kechirish vaqti keldi, deb o‘ylayman.

Shaxsan o‘zim uchun esa, bu oilamga biroz yaqinroq bo‘lish imkoniyatidir, - dedi Bernardu Silva Manchester klubi matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, Silva “Siti”da uzoq yillik faoliyatining to‘qqiz yilini o‘tkazdi. U “Monako”dan o‘tganidan keyin “shaharliklar” safidan joy olgan edi.

31 yoshli hujumkor futbolchi aslida “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Silvaning klubdagi so‘nggi mavsumi va sardorligi davrida “Siti” Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.

Bernardu Manchester klubida olti marta Angliya chempioni bo‘ldi va bir marta UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrinini  qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!