
Bernardu Silva "Siti"dan "Bavariya"ga o‘tgan Kanselu haqida gapirdi
"Manchester Siti"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva hamyurti Joau Kanseluning "Bavariya"ga o‘tishi haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, nemis grandi portugaliyalikni keyinroq sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
“Joau uchun xursandman. U o‘z yo‘lini tanladi va unga omad tilayman. Uning ketishidan xafaman, chunki endi maydonda unga tayanolmayman. Ammo bu uning tanlovi”, - dedi Silva Eleven Sports nashriga bergan intervyusida.
Kanselou Bundesligadagi debyut o‘yinining o‘zida golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda. U 2019 yildan beri «Manchester Siti» futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar