 
                Beyl endi futbol o‘ynay olmaydi
"Real" jamoasi etakchilaridan biri Garet Beyl uzoq muddat futbol o‘ynay olmaydi. Evropa chempionlar ligasi doirasida "Sporting"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jarohat olgan futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi kerak.
Avvaliga jarohat unchalik jiddiy emasligi va uelslik futbolchi dekabr oyidayoq maydonga qaytishi atilgandi. Biroq, keyinchalik jarohat ancha jiddiyligi aniqlandi.
Beyl 29 noyabr kuni Londonda operatsiya qilinadi. Garchi mutaxassislar futbolchining qachon safga qaytishini aytolmayotgan bo‘lsa-da, Beylning bu yil futbol o‘ynay olmasligi aniq bo‘lib ulgurdi.
Joriy mavsumda Garet Beyl "Real" tarkibida barcha turnirlarda 14 ta o‘yin o‘tkazib, ettita gol urgandi.


Fikrlar