
Beyl va Karvaxal “Atletik”ka qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal va yarim himoyachi Garet Beyllar Ispaniya La ligasi 14-turidan o‘rin olgan “Atletik”ka qarshi bahsni o‘tkazib yubishlari mumkin.
Bugun har ikkala futbolchi qolgan futbolchilar bilan mashg‘ulotlarga keldi. Biroq ular qolganlardan ajralgan holda zalda mashg‘ulot o‘tkazishdi.
Bundan tashqari, Marko Asensio va Lyuk Zidanlar ham individual dastur asosida mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.
Fikrlar