Beylga jarohati borligini aytishni ta’qiqlashdi

  • 25 oktabr, 2019, 17:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi vingeri Garet Beylga o‘zining jarohat olgani haqida gapirishni ta’qiqlashdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, Beyl 13 oktyabr kuni Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Shu bois u joriy hafta EChL guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan “Galatasaroy”ga (1:0) qarshi o‘yinda maydonga tushmadi.

Kecha, 24 oktyabr kuni Beyl mashg‘ulotlarga kirishgan. Biroq, hozircha u yakka tartibda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!