Bibisaraning onasi shaxmat Olimpiadasida O'zbekistonga muxlislilik qilayapti
Qozog‘istonlik mashhur shaxmatchi Bibisara Asaubaevaning onasi Liana Tanjarikova Samarqand (O‘zbekiston)da o‘tayotgan Jahon shaxmat Olimpiadasida qaysi terma jamoalarga muxlislilik qilayotganini haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi Sports.kz.
«O‘zbekistondagi Olimpiadada kim uchun qayg‘uryapman?
Meni bu haqida ko‘p so‘rashadi, javob esa oddiy: men ikki davlat uchun ham jon kuydiraman.
Ayollar terma jamoasi — albatta, Qozog‘iston! Bizning qizlar, Bibisara Asaubaeva bilan birga, barcha kuchini ishga solib, bu mehmondo‘st zaminda „oltin“ni qo‘lga kiritishga intilishlari kerak.
Erkaklar terma jamoasiga kelsak — bu yerda mening simpatiyam O‘zbekiston tomonida. O‘g‘il bolalar juda yosh, juda ambitsiyali va beqiyos iste’dod egalari. Javohir Sindarov uchun butun yuragim bilan qayg‘uraman.
Men Qozog‘istonning janubida tug‘ilganman va o‘zbek mahallasida voyaga yetganman. Shuning uchun men uchun bu raqobat emas, balki ikki yaqin xalqning umumiy bayrami», — deya ta’kidladi Tanjarikova ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston ayollar terma jamoasi musobaqa boshidan beri beshinchi marta ketma-ket g‘alaba qo‘zondi. Qozog‘istonlik shaxmatchi qizlar Iordaniya, Kolumbiya, Gretsiya va Ispaniya terma jamoalarini mag‘lub etgan.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi esa besh turdan so‘ng o‘n jamoaviy ochko to‘plab, Hindiston va Germaniya bilan birgalikda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar