
Bilasizmi, birinchi liga jamoasiga Liberiya va Portugaliyadan legionerlar keldi
Birinchi liga qatnashchisi hisoblangan “Paxtakor-79” jamoasi transfer oynasi ochilgan paytda selektsiya ishlarini faol olib bordi.
Tarkibga jami 9 nafar futbolchi qo‘shib olindi. E’tiborlisi, ulardan ikki nafari legioner bo‘lib, biri liberiyalik Dolo Erik va yana biri portugaliyalik Maldonado Alfonso hisoblanadi.
Shuningdek, mahalliy taklif qilingan futbolchilar orasida ilgari Superligada to‘p surgan futbolchilar ham bor.
Dolo Erik (Liberiya) — 31.12.2023
Maldonado Afonso (Portugaliya) — 01.01.2024
Alisher Samatov — 31.12.2023
Yunus Ro‘ziboev — 31.12.2023
Dilmurod Abduqahhorov — 01.12.2023
Jamshid Toshpo‘latov — 31.12.2023
Otabek Mustafoqulov — 31.12.2023
Umid O‘ktamaliev — 31.12.2023
Abdulhay Ismoilov — 01.12.2024
Fikrlar