Bilasizmi, u erda eng ko‘p legioner O‘zbekistondan!

  • 11 mart, 21:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yaqinda O‘zbekiston Superligasiga start berildi. Shuningdek, qo‘shni mamlakat chempionatlarida ham mart oyi boshlarida yangi mavsum boshlandi. Jumladan, 7 mart kuni Tojikiston oliy ligasi ham rasman start oldi

Elitada 12 ta jamoa ishtirok etmoqda. U erda ham klublar tarkiblarining katta qismini legionerlar hisobiga kuchaytirishgan. Bu borada e’tiborli jihati shundaki, eng ko‘p legioner O‘zbekistondan bo‘lib, Tojikiston oliy ligasida yangi mavsum uchun jami 22 nafar futbolchimiz ro‘yxatdan o‘tgan.

Ikkinchi o‘rinda Ganadan kelgan legioner va ularning soni 20 ta. Eng ko‘p o‘zbekistonlik futbolchilar “Esxata” hamda “Istaravshan” jamoalarida jam bo‘lgan. Ikkala klub legionerlar limitini to‘liq o‘zbekistonlik futbolchilar hisobiga to‘ldirgan – 7 tadan. Shuningdek, “Xo‘jand”, TsSKA, “Regar-TadAZ”, “Panjsher” va “Xulbuk” jamoalarida o‘zbekistonlik futbolchilar bor.

Tojikiston chempionatida oldindan o‘ynab kelayotgan va bu yil yangi qo‘shshilgan legionerlarimiz bor. Masalan, muxlislarimiz yaxshi bilgan Suhrob Berdiev bu yil “Istaravshan” tarkibiga qo‘shildi. Himoyachi Asiljon Begimqulov esa “Xo‘jand”ga o‘tdi.  

12 ta klubdan 7 tasida o‘zbekistonlik o‘yinchilar to‘p surishyapti. Dastlabki turda “Istaravshan” safarda “Ravshan” bilan 1:1 o‘ynadi. Debyut uchrashuvida maydonga tushgan futbolchimiz Suhrob Berdiev 35-daqiqada gol muallifiga aylandi va hisobni tenglashtirdi. “Vaxsh” – “Esxata” uchrashuvida 3:1 hisobi qayd etildi. Mezbonlar safida debyut o‘yinida maydonga tushgan hujumchi Hamidullo Abduhamidov 42-daqiqada penaltidan jamoasining yagona golini urdi.

Tojik klublaridagi o‘zbekistonlik futbolchilar:

 “Xo‘jand”

Himoyachilar: Asiljon Begimqulov, Firdavs Abdusalimov

Yarim himoyachi: Islom Toshpo‘latov

“Esxata”

Darvozabon: Izzatilla Tursunov

Himoyachilar: Sardor Xursandov, Zoir Tursunov

Yarim himoyachilar: Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Mirjalol Qosimov

Hujumchi: Hamidullo Abduhamidov

TsSKA

Yarim himoyachi: Muxiddin Odilov

“Regar-TadAZ”

Himoyachi: Asilbek Temirov

“Istaravshan"

Darvozabon: Shaxzod Shamsiddinov

Himoyachilar: Mirzoxid Mirzamahmudov, Abdujalil Manazarov

Yarim himoyachilar: Jahongir Safarov, Bobur Qosimov, Sardor Saidov

Hujumchi: Suhrob Berdiev

“Panjsher”

Yarim himoyachilar: Ayubxon Alimov, Rustam Qo‘chqorov

“Xulbuk”

Yarim himoyachi: Ja’far Ismoilov

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!