Bilasizmi: “Lokomotiv”ning reytingi “Barselona”ni mag‘lub etgan “Espanol”dan ham yuqori

  • 18 yanvar, 2018, 14:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi  federatsiyasi (IFFHS) jahon klublarining 2017 yildagi reyting jadvalini e’lon qildi.

Tecno

2017 yilda O‘zbekiston chempionati va kubogida zafar quchgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi mazkur reytingning 221-pog‘onasida bormoqda. Bu o‘tgan yilgi natijadan 4 ta past natija bo‘ldi.

Qayd etish joiz, kuni kecha Ispaniya kubogi doirasida “Barselona”ni mag‘lub etgan “Espanol” jamoasi 256-o‘rinda, klublar o‘rtasidagi JChda muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtimiz Sardor Rashidov to‘p tepadigan “Al-Jazira” 258, bu yilgi mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazayotgan “Byornli” esa 268-o‘rinni egallagan.

“Bunyodkor” esa mazkur reytingda 386-o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, “qaldirg‘ochlar” Angliyaning  “Uotford” va “Vest Xem” kabi jamoalari bilan bir qatorda turganligini ko‘rish mumkin.

IFFHS reytingi. 2017 yil uchun

  1. “Real” (Ispaniya) – 328 ochko
  2. “Gremio” (Braziliya) – 286
  3. MYu (Angliya) – 284
  4. “Barselona” (Ispaniya) – 269
  5. PSJ (Frantsiya) – 266
  6. “Flamengo” (Braziliya) – 256
  7. “Yuventus” (Italiya) – 254
  8. “Bavariya” (Germaniya) – 250
  9. “Manchester Siti” (Angliya) – 244
  10. “Zaltsburg” (Avstriya) – 240,5

    ...

  1. “Al-Xilol” (Saudiya Arabistoni) – 186,5
  1. “Al-Axli” (Saudiya Arabistoni) – 133,5
  1. “Shanxay SIPG” (Xitoy) – 130
  1. “Urava Reds” (Yaponiya) – 130
  1. “Lokomotiv” (O‘zbekiston) – 86
  1. “Boka Xuniors” (Argentina) – 86
  1. “Espanol” (Ispaniya) – 78
  1. “Al-Jazira” (BAA) – 77
  1. “Byornli” (Angliya) – 76
  1. “Bunyodkor” (O‘zbekiston) – 62
  1. “Vest Xem” (Angliya) – 62
  1. “Uotford” (Angliya) – 62.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!