
Bilasizmi? "Roma" 2 yil oldin Xolandni 4 mln evroga sotib olishni istamagan
"Roma" klubi ayollar jamoasi direktori Sebino Nela erkaklar jamoasi bundan ikki yil muqaddam norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni 4 mln evroga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lganini aytdi.
“Ikki yil oldin “Roma”da Xolandni 4 mln evroga sotib olish imkoniyati bo‘lgan. Ammo klub bundan voz kechgan va shu bois u “Red Bull Zaltsburg”ga o‘tib ketgan”, - deydi Nela.
Eslatib o‘tamiz, yanvarda “Red Bull Zaltsburg”dan 45 mln evro evaziga “Borussiya” Dortmundga ko‘chib o‘tgan Xoland 6 ta o‘yinda 10 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar