
Bilasizmi? Zidan qaytgach "Real" ko‘p gol o‘tkazib yubormoqda
Xabaringiz bor kecha "Real" La Liganing 32-turini safarda "Leganes"ga qarshi o‘tkazdi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Zinedin Zidan jamoaga qaytgach “qirollik klubi” har bir o‘yinda o‘z darvozasidan o‘rtacha 1,5 ta gol o‘tkazib yubormoqda.
E’tiborlisi, "Real" frantsiyalik mutaxassis qaytgunicha gol o‘tkazish borasida bu qadar yomon ko‘rsatgich qayd etmayotgan edi. Aniqrog‘i, Santyago Solari boshqaruvidagi “Real” har bir o‘yinda o‘rtacha 1,05 ta gol o‘tkazib yuborgan, Xulen Lopetegi qo‘l ostida esa ushbu ko‘rsatgich 1,4 ta golni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Madrid ayni damda La Liga musobaqa jadvalida “Barselona” va “Atletiko”dan so‘ng 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar