Bir daqiqada gol urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 19 dekabr, 2024, 23:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya kubogining nimcharok final bosqichida “Roma” o‘z maydonida “Sampdoriya” futbolchilarini qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Klaudio Raneri shogirdlari raqibga qarshi hujumkor o‘yin ko‘rsatdi. Artyom Dovbik dubl qayd etgan bo‘lsa, Tommazo Baldantsi va Eldor Shomurodov bittadan to‘p kiritdi.

Uchrashuvdan keyin nufuzli manba – calciomercato.com portali “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.

Metyu Rayan 6:

Muxlislar bilan to‘lgan “Olimpiko” stadionidagi uchrashuvda o‘ynash imkoniga ega bo‘lgan darvozabon biroz hayajonlandi. Shunga qaramay, ishonchli o‘ynadi.

Zeki  Chelik 6:

O‘yinga kirishib ketishi qiyin bo‘ldi. Bir necha paslarni o‘tkazib yubordi. Kutilgan darajada o‘ynay olmadi.

Evan Ndika 6,5:

Janluka Manchini va Mats Xummels yo‘qligi tufayli boshlang‘ich tarkibdan joy olgan iquarlik o‘yinchi deyarli bexato o‘ynadi.

Mario Ermoso 5,5:

“Komo”ga qarshi uchrashuvdagi xatolaridan keyin xotirjam o‘ynashga urindi. Lekin aynan uning xatosidan keyin raqib “Roma” darvozasini ishg‘ol qildi.

Aleksis Salemakers 7:

O‘ng qanotda yaxshi o‘ynadi. Uning pasidan keyin Artyom Dovbik gol urdi. Salemakers juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. O‘rnini Matias Sulega bo‘shatib berdi.

Matias Sule 6:

Sule hujumni kuchaytirdi. Dovbikni golli vaziyatga chiqardi. O‘zining zarbasi to‘singa tegdi.

Nikolo Pizilli 6,5:

Yosh futbolchi o‘yindan o‘yinga o‘sib bormoqda. Maydon markazini yaxshi ushlab turdi. O‘rnini Entso Le Fega bo‘shatib berdi.

Entso Le Fe 6:

Raqibning hujumlarini buzishda bo‘shroq o‘ynadi. Bir necha pasni qaytara olmadi.

Leandro Paredes 6,5:

Salomatligini tiklab maydonga qaytgan tajribali yulduz yarim himoya chizig‘ini oqilona boshqarib bordi.

Anjelino 6,5:

Chap qanotni o‘ziniki qilib oldi. Klaudio Raneri uning chapaqayligidan foydalanmoqda. Anjelino Eldor Shomurodovni golli pas bilan ta’minladi.

Tommazo Baldantsi 7:

Yana o‘zini ko‘rsatdi. Garchi Raneri kelganidan keyin o‘yin vaqti qisqargan bo‘lsa-da, gol urib, murabbiylar shtabi ishonchini oqladi.

Nikola Zalevski 6:

Raneri uni hujumkor futbolchi sifatida o‘ynatyapti. Lekin bu gal harakatlari biroz bo‘sh chiqdi.

Artyom Dovbik 7:

Kutilgan ishonchni bir juft goli bilan oqladi. Avvalroq, Raneri uni tanqid qilgandi. “Roma”dagi ilk dublini nishonladi. 78-daqiqada o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.

Eldor​ ​Shomurodov 7:

O‘zbek futbolchisi maydonga tushganiga bir daqiqa bo‘lar-bo‘lmas yakuniy hisobni ta’minladi. Uning bosh bilan bergan zarbasi raqib darvozabonini ojiz qoldirdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchi uchun bundan yaxshisi bo‘lmasa kerak.

“Roma” futbolchilari chorak finalda “Milan”ga qarshi to‘p tepadi. Bu bosqich ikki uchrashuvdan iborat bo‘ladi. O‘yinlar 5-26 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдумуталлиб Зулунов
20/12/2024 11:57
Эх Элдор Жеронадаги ўйинларинг қаерга кетиб қолди. Зўр ўйинлар ўтказган эдинг ўшанда яна бир йил ўша ерда ўнаш керак эди менимча
&
Futbollmani
19/12/2024 19:22
Тушунмадим дибала табриклайдими бошкаси табриклайдими нима битта мавзуни ёзаверасилар
Pardayev Shavkat
19/12/2024 13:12
А скрияда ҳамма ҳам гол уравермайди. Ҳимоядан ўйнайдиган ънг расво чемпионат.
Ilhomjon Feyz
19/12/2024 10:22
Европани бошига бало бўлди, пардоз қилиб ўтказган шомуродовларинг.