Bir chetlatish va jarima intizom choralari qo‘llanildi - Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari

  • 12 iyul, 19:01
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Tecno

Superliga

"So‘g‘diyona" — "Buxoro"

O‘zbekiston Superligasining 11-turi doirasidagi "So‘g‘diyona" — "Buxoro" uchrashuvidan so‘ng "Buxoro" jamoasi futbolchisi Shirinboy Abdullaev tunnelga kirish mobaynida muxlislarga qarata nomaqbul ishoralar ko‘rsatgani va provokatsion harakatlar qilgani muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shirinboy Abdullaevga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Qizilqum" — "So‘g‘diyona"

O‘zbekiston Superligasining 12-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" — "So‘g‘diyona" uchrashuvining 90+5-daqiqasida "So‘g‘diyona" jamoasi futbolchisi Otabek Ahadov to‘p uchun kurashda raqib futbolchisining oyog‘ini bosganligi uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Otabek Ahadovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

OKMK — "Sho‘rtan"

Superliganing 12-turi doirasidagi OKMK — "Sho‘rtan" uchrashuvning 90+3-daqiqasida "Sho‘rtan" jamoasi futbolchisi Asadbek Saidxonov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Asadbek Saidxonovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Xorazm" — "Dinamo"

12-tur doirasidagi "Xorazm" — "Dinamo" uchrashuvining 90+4-daqiqasida "Xorazm" jamoasi futbolchisi Shahrom Samiev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahrom Samievga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Mash’al" — "Nasaf"

13-tur doirasidagi "Mash’al" — "Nasaf" uchrashuvining 90-daqiqasida "Nasaf" jamoasi futbolchisi Sardorbek Bahromov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardorbek Bahromovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Neftchi" — "Buxoro"

Superliga chempionatining 13-turi doirasidagi "Neftchi" — "Buxoro" uchrashuvining 19-daqiqasida "Buxoro" jamoasi futbolchisi Sardor Qulmatov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Qulmatovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90+6-daqiqasida "Buxoro" jamoasi murabbiyi Ulug‘bek Bakaev yordamchi hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Bakaevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Sho‘rtan" — "Surxon"

13-tur doirasidagi "Sho‘rtan" — "Surxon" uchrashuvining 33-daqiqasida "Surxon" jamoasi futbolchisi Sunnatullox Xamidjonov to‘psiz vaziyatda raqib futbolchisining qorin qismiga tirsagi bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sunnatullox Xamidjonovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Uchrashuvning 47-daqiqasida "Surxon" jamoasi futbolchisi Jamaldin Xodjaniazov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamaldin Xodjaniazovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida "Sho‘rtan" jamoasi futbolchisi Azizbek Pirmuxammadov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Azizbek Pirmuxammadovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90+1-daqiqasida "Sho‘rtan" jamoasi futbolchisi Shahboz Nuriddinov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahboz Nuriddinovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Navbahor" — OKMK

13-tur doirasidagi "Navbahor" — OKMK uchrashuvining 6-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Islom To‘xtaxo‘jaev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islom To‘xtaxo‘jaevga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Uchrashuvning 81-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Ali Abdurahmonov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ali Abdurahmonovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, mazkur uchrashuv komissarining bildirgisiga ko‘ra, "Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik holati aniqlangan. Xususan, "Navbahor" jamoasi bu borada ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan; fotomuxbir va to‘p olib beruvchi bolalar uchun stullar etarli bo‘lmagan, komissar xonasida WiFi bo‘lsa ham internet mavjud bo‘lmagan, uchrashuv tugashi bilan muxlislarni maydonga va texnik zonaga kirishiga yo‘l qo‘yilgan, jamoa futbolchilari uchrashuvdan so‘ng miks zonadan harakatlanmagan va uchrashuv mobaynida to‘p olib beruvchi bolalar to‘plarni yashirishga uringan va to‘pni uzatmaslik harakatlari aniqlangan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Navbahor lochinlari" jamoasiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Paxtakor" — "Qo‘qon-1912"

13-tur doirasidagi "Paxtakor" — "Qo‘qon-1912" uchrashuvining 82-daqiqasida "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchisi Shahzod Beshimov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzod Beshimovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Buxoro" — "Sho‘rtan"

Superliga chempionatining 14-turi doirasidagi "Buxoro" — "Sho‘rtan" uchrashuvining 90+6-daqiqasida "Sho‘rtan" jamoasi futbolchisi Ulug‘bek Xudoyberdiev to‘psiz vaziyatda raqib futbolchisining qorin qismiga oyog‘i bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Xudoyberdievga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Xorazm" — "Andijon"

14-tur doirasidagi "Xorazm" — "Andijon" uchrashuvining 90+3-daqiqasida "Andijon" jamoasi futbolchisi Eldor Adhamov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Eldor Adhamovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Neftchi" — "Buxoro"

"Superliga va Proliga reglamenti"ning 16.20 — bandida klub vakili uchun litsenziya musobaqada ishtirok etish va tegishli zonaga kirish huquqini beruvchi yagona hujjat hisoblanadi. Litsenziya egasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan taqdirida texnik zonaga qo‘yiladi, hamda "Superliga va Proliga reglamenti"ning 23.2 — bandida hakamlik sifatiga nisbatan klubda e’tirozlar mavjud bo‘lsa, bosh murabbiy yoki sport direktori uchrashuv yakuniga etganidan keyingi 30 daqiqa ichida bu haqda Liga komissariga ma’lum qilishga hamda o‘z e’tirozini uchrashuv qaydnomasida imzolashni talab qilishga haqli etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda "Buxoro" jamoasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan murabbiyni matbuot anjumaniga kiritgan hamda hakamlik bo‘yicha e’tiroz qilish tartibiga amal qilmagan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Buxoro" klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Dinamo" — "Bunyodkor"

"Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.5- bandida klub hamda stadion uchrashuv o‘tkazilishi bilan bog‘liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun mas’ul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun mas’ul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani ko‘rishi talab etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda "Dinamo" jamoasi VAR mashinasi va texnik hududlarni xavfsizligini etarli darajada ta’minlab bera olmagan, ya’ni texnik hududda va futbolchilar kirib chiqish tunnelida begona shaxslar bo‘lgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Dinamo" klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Qo‘qon-1912" — "Dinamo"

"Superliga va Proliga reglamenti"ning 16.30 — bandida uchrashuv vaqtida klub rasmiylari orasidan faqatgina bosh murabbiyga texnik zonada futbolchilarga ko‘rsatma berish uchun ruxsat etiladi. Bunda bosh murabbiy chet el fuqarosi bo‘lib, futbolchilar bilan muloqot uchun tarjimon yordami zarur bo‘lsa, bosh murabbiy ko‘rsatma berishda tarjimondan foydalanishga haqli ekani belgilangan. Mazkur uchrashuvda "Dinamo" jamoasi futbolchisi Bahodir Nasimov zaxira o‘rindig‘ini tark etib, bir necha marotaba hakamga e’tiroz bildirgan hamda uchrashuv zaxira hakami va komissari tomonida bir necha bor ogohlantirishlariga bepisand munosabatda bo‘lgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bahodir Nasimovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Buxoro" — "Sho‘rtan"

"Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.17 — bandida mezbon klub va vaziyatdan kelib chiqib mehmon klub o‘yin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart. Bunda tasvir shartli ravishda taymer yoqilgan holda jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishigacha butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur. Mazkur uchrashuvda "Buxoro" jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Buxoro" klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Proliga

"Olimpik" — "Jayxun"

7-tur doirasidagi "Olimpik" — "Jayxun" uchrashuvining 88-daqiqasida "Jayxun" jamoasi murabbiyi Aybek Nurbaev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Aybek Nurbaevga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida "Jayxun" jamoasi futbolchisi Shuhrat Daryabaev, 90+5-daqiqasida "Jayxun" jamoasi futbolchisi Ulug‘bek Bekbosinovlar o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shuhrat Daryabaev va Ulug‘bek Bekbosinovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Jayxun" — "Lokomotiv"

Proliga chempionatining 8-turi doirasidagi "Jayxun" — "Lokomotiv" uchrashuvining 15-daqiqasida "Jayxun" jamoasi futbolchisi Baxtiyar Arazov to‘p uchun kurashda raqib futbolchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Baxtiyar Arazovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 73-daqiqasida "Lokomotiv" jamoasi murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Grigoriy Kolosovskiyga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Olimpik" — "Aral"

Proliganing 9-turi doirasidagi "Olimpik" — "Aral" uchrashuvining 68-daqiqasida "Aral" jamoasi murabbiyi Nagmetulla Kutibaev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nagmetulla Kutibaevga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Jayxun" — "Farg‘ona DU"

9-tur doirasidagi "Jayxun" — "Farg‘ona DU" uchrashuvi avvalida "Farg‘ona DU" jamoasi "Superliga va Proliga reglamenti"ning 16.4- bandini buzib, jamoa chigalyozdi mashqlarini 3 daqiqa kech tugatgani hamda tribuna osti yo‘lakchasiga kech saflanishi oqibatida uchrashuv starti 2 daqiqaga kech qolgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Farg‘ona DU" klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Olimpik Mobiuz" — "Lokomotiv"

"Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.5- bandida klub hamda stadion uchrashuv o‘tkazilishi bilan bog‘liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun mas’ul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun mas’ul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani ko‘rishi talab etib belgilangan.

Mazkur bahsda "Olimpik Mobiuz" zaxira o‘rindig‘iga begona shaxsning o‘tirib olgani va komissarning bir necha bor talabiga qaramay ushbu shaxs zaxira o‘rindig‘ini tark etmagan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Olimpik Mobiuz" klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida "Lokomotiv" jamoasi murabbiyi Pavel Sinelnikov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Pavel Sinelnikovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90+6-daqiqasida "Lokomotiv" jamoasi futbolchisi Rahimjon Davronov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rahimjon Davronovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Olimpik" — "Farg‘ona DU"

"Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.17 — bandida mezbon klub stadion bilan kelishgan holda rasmiy uchrashuvni teletranslyatsiya qilish hamda VAR tizimi uzilishlarsiz ishlashini ta’minlash uchun tezligi eng kamida 100 mbit/s dan bo‘lgan hamda mazkur tarmoqlardan Liga talabiga ko‘ra teletranslyatsiyalar hamda VAR texnikalaridan boshqa manbalar foydalana olmaydigan 2 ta bir-biridan alohida internet tarmog‘i taqdim etishi shart. Rasmiy uchrashuv davomida internet tarmog‘idagi har qanday uzilish sabab jonli efir yoki translyatsiya bilan bog‘liq muammoning kelib chiqishiga bevosita mezbon klub javobgar etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda "Olimpik" jamoasi uchrashuvda internet uzilishi sabab translyatsiyada muammolar kuzatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Olimpik" klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Farg‘ona DU" — "Olimpik"

Proliga chempionatining 10-turi doirasidagi "Farg‘ona DU" — "Olimpik" uchrashuvining 44-daqiqasida "Farg‘ona DU" jamoasi futbolchisi Javohir Maqsudov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Maqsudovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Aral" — "Lokomotiv"

10-turi doirasidagi "Aral" — "Lokomotiv" uchrashuvining 63-daqiqasida "Lokomotiv" jamoasi futbolchisi Boburjon Asqarov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Boburjon Asqarovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
13/07/2025 06:36
БУ ИШЛАР ЯХШИ ХУШ ДИНАМО НАСАФ УЙИНИДАГИ ШАРМАНДАЛИККА КИМ ЖАВОБ БЕРАДИ ЙУК КУЙИЛГАН ШАРМАНДАЛИК УЧУН УФА ПФЛ РАХБАРЛАРИ ИСТИФО БЕРАДИМИ БУ ХАКДА НИМА УЧУН ЖУРНАЛИСТЛАР УЛАРДАН ХАТТО ИНТЕВИЮ ХАМ ОЛМАДИ ХАКИКАТ ЮЗАГА ЧИКАДИМИ РАХБАРЛАР ЖУРНАЛИСТЛАР ОГЗИГА ТАЛКОН СОЛИБ ОЛГАНМИ.
&
Адхамжон Низомов
12/07/2025 22:18
УФА пул йигиш билан овора.