Bir yillik tanaffusdan so‘ng professional bokschimiz ertaga ringga qaytadi
Professional bokschimiz Qobiljon Bobojonov (2-2-0, KO1) o‘zining navbatdagi jangini 30 dekabr kuni Moskva shahrida o‘tkazadi.
25 yoshli bokschimizning beshinchi jangida ukrainalik tajribali bokschi Aleksandr Ivanov raqiblik qiladi. 23 yoshli bu bokschi 2013 yil professional faoliyatini boshlagan bo‘lib, shu vaqtgacha 16 ta jang o‘tkazib, 13 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.U so‘nggi jangini 12 dekabr kuni o‘tkazgan.
Qobiljon Bobojonov esa faoliyati davomida 4 jangdan 2 tasida g‘alaba (1 nokaut) qozongan bo‘lsa, 2 tasida mag‘lubiyat alamini tortgan. U so‘nggi marta ringga o‘tgan yilning oktyabr oyida ko‘tarilgan va boshqa bir ukrainalik bokschi Denis Lazarevga imkoniyatni boy bergan.

Fikrlar