Birgina gol Fransiyaga g'alaba keltirdi
UEFA Millatlar ligasi «A» ligasi guruh bosqichi 2-turida Belgiya va Frantsiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bryusseldagi «Rua Boduen — Koning Budeveyn» stadionida oʻtkazilgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni 88-daqiqada Frantsiya vingeri Maykl Olise urdi. U toʻp bilan dribling orqali oʻz maydonidan raqib darvozasi tomon harakatlanib, hujumni gol bilan yakunladi.
Frantsiya hujumchisi Kilian Mbappe jarohati sabab uchrashuvni oʻtkazib yubordi.
Millatlar ligasi 1-turida Belgiya Italiyani 2:0 hisobida magʻlub etgan, Frantsiya esa Turkiyadan 1:0 hisobida ustun kelgan.
Guruh bosqichining 3-turida Frantsiya oʻz maydonida Italiyani qabul qiladi, Belgiya esa Turkiya mehmoni boʻladi. Har ikki uchrashuv 2 oktyabr, juma kuniga belgilangan.

Fikrlar