Birinchi liga: "Surxon" yangi avtobusga ega bo‘ldi

  • 26 oktabr, 2017, 23:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Barchangizning xabaringiz bor, "Surxon" jamoasi  shu yildan e’tiboran birinchi liga bahslarida ishtirok etib kelmoqda. Jamoa o‘z oldiga kuchli to‘rtlikka kirishni maqsad qilgan. Endigina shakllangan jamoa uchun bu yomon natija emas. Jamoa hozirda musobaqa jadvalining 5-pog‘onasida bormoqda lekin so‘nggi 2-turda g‘alaba qozonsak va "NBU" mehmonda "Yangier" bilan durrang qayd etsa yoki mag‘lubiyatga uchrasa biz mavsumni to‘rtinchi o‘rinda tugatishimiz mumkin.

Tecno

35-tur 29.10.2017

"Surxon" - "Lokomativ Bfk"

"Nbu Osiyo" bu turni o‘tkazib yuboradi.

36-tur. 1.11.2017

"Surxon" - " Xotira-79"

"Yangier" - "Nbu Osiyo"

Jamoa muhlislariga xushhabar!

Jamoamiz kelasi yili o‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ygan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish maqsadida Viloyatimiz hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jamoaga yangi stadion ta’mirdan chiqarilmoqda va eng quvonarlisi "Surxon" futbol klubiga Xitoyning "ANKAI" firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtobus olib kelindi.

Jamoa kelgusi mavsumda yangi avtobusga ega bo‘ldi.

"Surxon" jamoasi viloyat xokimi Erkinjon Turdimovga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi.


E’tiboringizga yangi avtobusdan olingan suratlarni namoyish etamiz.

Admin: Elyor Uzakov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!