
Birinchi turda g‘alaba qozongan Shukurov jamoasi "Paxtakor" joylashgan guruhning peshqadamiga aylanib oldi
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ilk turi doirasida hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p tepayotgan "Sharja" klubi "Al-Quvva al-Javiya" jamoasini qabul qildi. Qiyin kechgan bellashuvda Xolid Bavazir tomonidan kiritilgan yagona gol sharjaliklarga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, BAA klubi birinchi turdan so‘ng, guruh peshqadamiga aylanib oldi. Biroz avval, dramatik bellashuvda "Paxtakor" "Traktor" bilan 3:3 hisobida durang qayd etib, 1 ochkodan bo‘lishib olgandi.
Fikrlar