"Bishkekda juda qiziqarli o‘yinni kutyapmiz" - Qirg‘iziston klubida muvaffaqiyatli ishlayotgan o‘zbek murabbiyi bilan suhbat

  • 7 sentabr, 2024, 07:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

10 sentyabr kuni Bishkekda “JCh-2026” 3-saralash bosqichining 2-turida Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo derbisini ko‘ramiz.

Birinchi uchrashuvda vakillarimiz Toshkentda KXDRni 1:0 hisobida engdi. Qirg‘iz Respublikasi esa Tehronda Eronga xuddi shu hisobda engildi.

Ayni paytda Qirg‘iziston chempionatida o‘zbekistonlik tajribali mutaxassis Islom Ahmedov ishlab kelyapti. U “Abdish Ata” bosh murabbiyi sifatida jamoani o‘tgan yili mamlakat chempioniga aylantirdi va OFK Kubogiga olib chiqdi.

Ushbu murabbiy Sports.uz jurnalistining savollariga javob qaytardi.

- O‘zbekiston birinchi o‘yinda KXDRni 1:0 hisobida yutdi. O‘yin haqida fikringiz qanday?

- O‘zbekiston terma jamoasi ushbu o‘yinda kerakli natijaga erishdi. Jamoaning salohiyati juda katta ekanligi aniq. Ishonchim komilki, o‘yindan-o‘yinga jamoa yaxshi o‘yin va kerakli natijani ko‘rsatadi.

- Ikkinchi turda O‘zbekiston Bishkekda Qirg‘iziston bilan o‘ynaydi. Siz ayni paytda Qirg‘iziston chempionatida, eng kuchli klubi - "AbdishAta"  bosh murabbiyisiz. Ayting-chi, Qirg‘iziston termasi bugungi kunda qanday holatda?

- Biz hammamiz Qirg‘iziston terma jamoasining Eronda qanday o‘ynaganini ko‘rdik. Maksim Lisitsin boshchiligidagi jamoa tezkor qarshi hujumlarda yaxshi tashkil etilgan mudofaa o‘yinini namoyish etdi. Jamoa ushbu saralash bosqichida jahon chempionatiga haqli ravishda o‘ynayotganini yana bir bor isbotladi. Barchamiz 10 sentyabr kuni Bishkekda qiziqarli o‘yinni kutmoqdamiz.

- Umuman olganda, Qirg‘iziston-O‘zbekiston uchrashuvidan nima kutyapsiz?

- Aytib o‘tganimdek, ushbu uchrashuvdan qiziqarli o‘yin kutyapmiz. Hozirgi vaqtda Qirg‘iziston terma jamoasida barcha kuchli o‘yinchilar o‘ynaydi. Individual ravishda ham kuchli. Taktik jihatdan ular ma’lum bir raqibga qarshi maydonda nima qilishni bilishadi va eng muhimi jamoa xarakterga ega. Nafaqat O‘zbekiston terma jamoasi, balki mazkur guruhdagi barcha jamoalar uchun Qirg‘izistonga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ladi.

- "Abdish Ata" klubidan nechta futbolchingiz Qirg‘iziston terma jamoasiga chaqirilgan?

- “Abdish Ata” jamoasidan 10 nafar futbolchi taklif qilindi va yakuniy ro‘yxatda 5 nafari qoldi.

- Bugungi kunda Qirg‘izistonning eng xavfli futbolchisi kim?

- Men aniq ta’kidlay olmayman. Barcha futbolchilar o‘z pozitsiyalarida juda kuchli.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ХОЛМУРОДОВ АМИР
07/09/2024 13:03
Айрим холатларда устунликка эришган
ХОЛМУРОДОВ АМИР
07/09/2024 13:02
Киргизларни Эронга карши уйинни курдим жудаям аклли уйнаган
ХОЛМУРОДОВ АМИР
07/09/2024 12:59
Агар Шома Жалол Аббослар уйинни уз кулларига олмаса Узбекистон холи вой булади
Искандар Нарзикулов
07/09/2024 09:39
Узбекистонди кечаги уйинидан кигин брор нарса диеиш кйинда
Bobur Xoʼjayev
07/09/2024 07:52
Boshqa nimayam desin,umumiy gaplar.