
Bitta transfer uchta rekordni urdi
“Milan” yarim himoyachisi Sandro Tonalining Angliya Premer-ligasi vakili Nyukaslga ko‘chib o‘tgani bir necha rekordlarni urdi.
Transfer xarajatlari rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, “qarg‘alar” 23 yoshli futbolchi uchun “Milan”ga 70 million evro to‘lagan va yana 10 million evro turli bonuslar ko‘rinishida milanliklar hisobiga o‘tkazib beriladi.
Shu tariqa, Sandro Tonali futbol tarixidagi eng qimmat italiyalik o‘yinchi nosini oldi. Bungacha italiyalik futbolchilarning eng qimmatbahosi Jorjino bo‘lib turgandi. 2018 yili “Chelsi” bu o‘yinchi uchun “Napoli”ga 57 million evro to‘lagan.
Ikkinchi rekord shundan iboratki, Tonali “Milan” tarixidagi eng katta transfer sohibiga aylandi. Bungacha “Milan” braziliyalik Kakani 2009 yili “Real”ga 67 million evroga pullagan edi.
Nihoyat, Tonali Angliyaga qadam qo‘yishi bilan rekordchiga aylandi. Italiyalik futbolchi “Nyukasl”ning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘ldi. Bungacha “qarg‘alar” o‘tgan yili Aleksader Isaak uchun “Real-Sosedad”ga 70 million evro to‘lagan.
Fikrlar