Bivol - Beterbiev o‘rtasidagi jangning ehtimoliy sanasi ma’lum!

  • 19 iyul, 2024, 14:53
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha yarim og‘ir vazn toifasida WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi Artur Beterbiev (20-0, 20 KO) va xuddi shu vazn toifasida WBA va IBO kamarlari egasi Dmitriy Bivol o‘rtasidagi jang og‘ir vazn toifasi vakillari Oleksandr Usik hamda Tayson Fyuri jangining anderkardida tashkil etilishi mumkin.

Tecno

Bu haqda Tayson Fyurinining menejeri Spenser Braun ma’lum qildi.

"Usik va Fyuri shartnoma imzoladi, hammasi tayyor. Jang 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ammo bu hali rasman tasdiqlanmadi. Tez orada batafsil e’lon qilinadi. Ehtimoliy sanalar orasida 13 dekabr ham bor.

Ushbu kechada yana Bivol va Beterbiev ham ringga ko‘tarilishi mumkin. Mazkur boks oqshomi Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Hammasi katta xo‘jayinning qaroriga bog‘liq", - dedi Braun.

Eslatib o‘tamiz, Bivol va Beterbiev o‘rtasidagi jang 12 oktyayur kuni bo‘lib o‘tishi avval xabar qilingandi. Keyinchalik, Beterbiev hali shartnoma imzolamagani ma’lum bo‘lgandi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!