
Bizga o‘tsang, Mbappening raqamini olasan!
PSJ rahbariyati portugaliyalik hujumkor futbolchi Joau Feliks jamoaga keladigan bo‘lsa, unga 7-raqam taqdim etilishini va’da berdi. Bu haqda DefencaCentral nashri xabar tarqatdi.
Qizig‘i shundaki, parijliklar safida 7-raqamda Kilian Mbappe o‘ynaydi.
PSJ mutasaddilari Joau Feliks transferi bo‘yicha muzokara boshlagan. Uchrashuvlardan birida portugaliyalik o‘yinchi qaysi raqamni tanlashi so‘ralgan. Feliks 7-raqamni tanlagani aytilmoqda.
Feliks “Atletiko”da aynan shu raqamda o‘ynagan. Joau Madrid klubini tark etishi kerak. Biroq, yangi ish masalasi hal bo‘lguniga qadar, “matraschilar” bilan birga shug‘ullanmoqda.
Fikrlar