
Bizga o‘tsang, Ronaldudan ko‘p maosh olasan!
Saudiya Arabistoni Professional ligasi rahbarlari “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni olib kelishga qaror qildi.
Shayxlar 2023 yilning yozida misrlik futbolchi transferi uchun “Liverpul”ga 150 million funt taklif qilgan edi.
Biroq, liverpulliklar ham, Salohning o‘zi ham bu chorlovni qabul qilmagan edi.
Hozir vaziyat o‘zgargan. Mavsum oxirida Muhammad Salohning shartnomasi tugaydi. Klub yangi shartnoma bergani yo‘q. To‘purarning klub oldiga qo‘ygan talabi rahbariyatga ma’qul kelmayapti.
Saudiyaliklar 32 yoshli futbolchini katta maosh bilan o‘ziga og‘dirmoqchi. Ular Muhammadni ligada eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylantirmoqchi. Shu bois, Salohga Krishtianu Ronaldu olayotgan xizmat haqidan ko‘p pul to‘lashni va’da qilishmoqda.
Ma’lumki, Saudiya Arabistoni Professional ligasida tinimsiz gol urayotgan 39 yoshli Ronaldu yiliga 200 million evro atrofida maosh oladi.
Fikrlar