Blan "Lion" taklifini ingliz klubi sabab rad etmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Loran Blan "Lion" bosh murabbiyi bo‘lishni rad etmoqchi. L'Equipe xabariga ko‘ra, frantsiyalik mutahassis "Manchester Yunayted"dan taklif kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 53-yoshli Blan Silvinoning "Lion"da bo‘shab qolgan o‘rniga davogarlar ro‘yxatiga kiritilgan.

7 oktyabrda Silvino ite’foga chiqarilgandan so‘ng, klubni uning asissenti Jerald Batikl vaqtinchalik boshqarib kelmoqda.

«Lion» Frantsiya chempionati to‘qqizinchi turidan so‘ng 14-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!