
Blan "Roma"ga o‘z xizmatlarini taklif qildi
"Roma" klubi rahbariyati Klaudio Raneri o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rimliklarning bu boradagi keyingi nomzodi Loran Blan. Ushbu frantsiyalik mutaxassis kecha A Seriya doirasida bo‘lib o‘tgan "Roma" - "Yuventus" jamoalari uchrashuviga tashrif buyurgan va “bo‘rilar” rahbariyatiga o‘z hizmatlarini taklif qilgan. Biroq, “Roma” xo‘jayinlari Blandan ko‘ra tajribaliroq va mahoratliroq murabbiy olib kelishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Roma” boshqa bir frantsuz mutaxassisi – Arsen Venger nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar